Maktablarda ogʻriqli masalalardan biri, bu – tarbiya va maʼnaviyat

    Oʻtgan yili voyaga yetmaganlar 3,5 mingta jinoyat sodir etgan. Shundan 2 ming 280 nafarini maktab oʻquvchilari tashkil qiladi.

    Soʻrov maktab direktoridan boʻlayapti, lekin Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiyaga masʼul hokimlar har hafta bitta maktabga borib, oʻquvchilarni sharoiti va tarbiyasi bilan shugʻullanmayapti.

    Shu munosabat bilan maktablardagi inspektor-psixologlar shtati Ichki ishlar vazirligidan Milliy gvardiya tizimiga oʻtkazilishi belgilandi.