Oʻzbekistonda maktab oʻquvchilari uchun yozgi taʼtil vaqti tugab bormoqda.

Shundan kelib chiqib, maktablarida oʻqish qachondan boshlanishi maʼlum qilindi. Mavjud maʼlumotlarga koʻra, maktab oʻquvchilari uchun darslar 6-sentyabrdan boshlanadi.

Maktab oʻquvchilariga shuningdek, mustaqillik bayrami munosabati bilan qoʻshimcha dam olish kunlari beriladi. Eslatib oʻtamiz, avvalroq 5 kun ketma-ket dam olish boʻlishi haqida xabar qilingan edi.