Yoshlar oʻrtasida shaxmat yanada rivojlantiriladi

    Hukumat 30 Sentabr 2024 1583

    Maktablarda yoshlarni aqliy rivojlantirishda muhim oʻrin tutadigan shaxmatni ommalashtirish uchun alohida qaror loyihasi ishlab chiqiladigan boʻldi.

    Tarbiya borasida milliy sportimiz fidoyilari, xususan, jismoniy tarbiya oʻqituvchilariga koʻp narsa bogʻliqligi taʼkidlandi.

    Afsuski, maktablardagi 33 ming nafar jismoniy tarbiya oʻqituvchisining kasbiy va jismoniy mahorati yetarli emas.

    Mutasaddilarga bu oʻqituvchilar tarkibini faol va chempion sportchilar orasidan tanlov asosida toʻldirish, ularning kasbiy mahorati va malakasini Jismoniy tarbiya institutida oshirib borishni yoʻlga qoʻyish topshirildi.

    Maktablarda yoshlarni aqliy rivojlantirishda muhim oʻrin tutadigan shaxmatni ommalashtirish uchun alohida qaror loyihasi ishlab chiqiladigan boʻldi. Yoshlarimiz oʻrtasida bu sport turi yanada rivojlantiriladi.

    Shundagina sport boʻyicha yaxlit tizim paydo boʻlib, maktablarda jismoniy tarbiya darslarining sifati oshadi, mahallarda ommaviy sport rivojlanadi.