Maktablarda soʻngi qoʻngʻiroq tadbirlarini oʻtkazishga cheklovlar oʻrnatilmagan — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

    Ijtimoiy tarmoqlarda maktablarda soʻngi qoʻngʻiroq tadbirlari oʻtkazilishi taqiqlangani, cheklovlar oʻrnatilgani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

    Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining maʼlum qilishicha, joriy oʻquv yilining oxirgi kuni 25-may, yakshanba – dam olish kuniga toʻgʻri kelganligi sababli soʻnggi qoʻngʻiroq tadbirlari 24-may – shanba kuni oʻtkazilishi belgilangan.

    Maktablarda soʻnggi qoʻngʻiroq tadbirlarini koʻtarinki kayfiyatda, tantanalar bilan oʻtkazish anʼanasi bu yil ham davom etadi, — deyiladi vazirlik xabarida.

    Faqat maktablarimiz jamoalarini, bitiruvchilarimizni, hurmatli ota-onalarimizni tadbirlar jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya etishlarini soʻraymiz, — deya qoʻshimcha qilinadi xabarda.