Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
2019-2020-o'quv yilining uchinchi choragidan boshlab, tajriba sifatida 10-11-sinflarda fanlar ixtiyoriy tanlov asosida o'qitila boshlandi.
Variativ o'quv rejalarini joriy qilishdan maqsad o'quvchilarning o'zi qiziqqan fanlarni chuqur o'rganishiga sharoit yaratish, maktab bitiruvchilarining oliy o'quv yurtiga kirish imtihoniga tayyorgarlik ko'rishini ta'minlash va yuqori sinflarda o'quv jarayonini kasblarga yo'naltirilgan holda tashkil etishdan iborat.
Bunday o'quv rejalarining joriy qilinishi ixtiyoriy bo'lib, maktabda tanlov sinfini tashkil etishda yuqori malakali, tajribali o'qituvchilarning mavjudligi inobatga olinadi.