Xalq taʼlimi vazirligi 6-sentyabrdan darslar toʻliq anʼanaviy tarzda boshlanishini maʼlum qiladi.

Faqat quyidagi holatlar bolani vaqtincha taʼlim jarayoniga masofadan jalb etilishiga sabab boʻlishi mumkin:

1.Oʻzi yoki oila aʼzolaridan biri COVID boʻlib vaqtincha davolanishda boʻlgan oʻquvchilar uchun;

2. Oʻquv yili davomida oʻqituvchi yoki oʻquvchilar orasida COVID aniqlanib, vaqtinchalik karantinga olingan sinf yoki maktablar uchun;

3. Vaqtincha boshqa joyda oʻqishni davom ettirish imkoniyati boʻlmagan maktablarning oʻquvchilari onlayn taʼlim olishlari mumkin.

Bunday oʻquvchilar uchun parallel ravishda darslar MTRK telekanallari orqali “Onlayn maktab” loyihasi doirasida berib boriladi.