Maktablarda yangi yil bayramini nishonlash bilan bogʻliq hech qanday cheklovlar yoʻq

    Ta'lim 20 Dekabr 2021 4274

    Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan umumtaʼlim maktablariga Yangi yil bayramini rejalashtirish va oʻtkazish bilan bogʻliq cheklov yuzasidan tegishli xati notoʻgʻri talqin qilinganini maʼlum qiladi.

    Umumtaʼlim maktablari hududida yangi yil bayramini nishonlash bilan bogʻliq hech qanday cheklovlar mavjud emasligi bildiriladi.

    Shu bilan birga maktablarda pul yigʻimlari hamda ota-onalarning eʼtirozlarini oldini olish maqsadida restoran, kafe va boshqa umumiy ovqatlanish shoxobchalarida maktab oʻquvchilariga Yangi yil bayramini oʻtkazish tavsiya etilmasligi eslatiladi.

    Respublika maxsus komissiyasining turli xil korporativ bayram va koʻngilochar tadbirlarni tashkil etish bilan bogʻliq taqiqlar vazirlik, idora va boshqa davlat tashkilotlariga tatbiq etilganligi maʼlum qilinadi, deb xabar beradi Xalq taʼlimi vazirligi matbuot xizmati.