Ushbu murojaatlar yuzasidan Xalq taʼlimi vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi:

Maktablarda oʻqish jarayonidan tashqari vaqtlarda oʻtkazilayotgan mazkur tadbirlar uyushmagan va taʼlim bilan band boʻlmagan (18-30 yosh) yoshlarga moʻljallangan boʻlib, ularni tashkil etishga Yoshlar ishlari agentligi, xususan mahallalardagi yoshlar yetakchilari masʼul etib belgilangan.

Bunda Xalq taʼlimi vazirligiga maktab infratuzilmasidan (kutubxona, sport zal, kompyuter xonalari, tadbirlar zali) oqilona foydalanish hamda maktablarni mahalla uchun “maʼnaviyat maskani”ga aylanishini taʼminlash vazifasi yuklatilgan.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Xalq taʼlimi vazirligi barcha hududiy boshqarmalarga ushbu tadbirlarga maktab maʼmuriyati, pedagog xodimlar va maktab oʻquvchilarini majburan jalb etilishi qatʼiyan taʼqiqlanganini maʼlum qiladi.

Shu oʻrinda Xalq taʼlimi vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Qaroriga asosan, xalq taʼlimi xodimlarini xizmat majburiyati bilan bogʻliq boʻlmagan ishlarga jalb qilish qatʼiyan taqiqlanganini yana bir bor eslatib oʻtadi.

‼️Mazkur qarorga koʻra, yuqoridagi talablarni buzgan Davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari tegishli javobgarlikka tortilishi belgilangan.