Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda o‘tgan vaqt davomida umumta’lim maktablaridagi Yoshlar teatr studiyalari uchun “Botir yigit va pari qiz”, “Jaloliddin tulpori”, “Qaldirg‘och bilan mayna”, “Qodiriy kuldirganda”, “Rustam. Kim a’lochi”,  “Rustam. Sehrli sandiqcha”, “Sog‘lom tanda sog‘ aql”, “Tilla tuyoqli oxu”, “Xonatlas” hamda “Alpomishning bolaligi” kabi o‘ndan ortiq pyesalari yetkazib berildi.

Mazkur Yoshlar teatr studiyalari orqali aktyorlik mahorati shakllangan maktab o‘quvchilari bugungi kunga qadar turli kino va seriallarda rol ijro etib kelishmoqda.

Jumladan, Kamila Yakubova, Muhammadali Sahobov, Nilufar Miraxmedova, Iroda Turg‘unova, Jamshid Mamayusupov, Behruz Badalov, Sayidaziz Samatov, Ismoil Ibragimov, Fardis Sayfitdinov, Samina Axmedova kabi yuzdan ortiq iqtidorli yoshlarimiz ayni kunlarda milliy va xorijiy filmlardagi turli darajadagi rollarni ijro etishmoqda.