Markaz xodimlari bilan uchrashuvda maktablarda psixologik xizmat va o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish borasida olib borilayotgan ishlarning taqdimoti o'tkazildi.
Bugun shiddat bilan o'zgarayotgan zamonda har bir o'quvchi va pedagog xodim uchun psixolog xizmat o'ta muxim, shu bois, Respublika markazidan tortib, eng quyi bug'ingacha psixologlar faoliyatini tubdan takomillashtirish zarurligi qayd etildi. Buning uchun, Respublika tashxis markazining funktsiyalari, maqsad va vazifalari takomillashtiriladi. Markaz va uning hududiy boshqarmalarida, tuman va shahar bo'limlarida hamda umumta'lim maktablarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning lavozim majburiyatlari qayta ko'rib chiqiladi.
Psixologlar faoliyatini eng quyi bo'g'in, maktab darajasigacha tushib, ularning kunlik faoliyatini muvofiqlashtirib borish, ayniqsa, maktablarda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtirishga alohida e'tibor qaratish zarurligi ta'kidlandi. Maktab psixologlarining mutaxassisligi, kasbiy layoqati diagnostika qilinib, ularni malakasini oshirish yuzasidan vazifalar belgilandi.