Malavi vitse-prezidenti aviahalokatga uchrab, hayotdan ko'z yumdi

    Malavi vitse-prezidenti Saulos Chilima sobiq adliya vazirining dafn marosimiga uchayotgan edi.

    Chilima va yana to'qqiz yo'lovchi bo'lgan samolyot Malavi poytaxti Lilongve shahridan havoga ko'tarilganidan ko'p o'tmay radarlardan g'oyib bo'lgan.

    Malavi vitse-prezidenti Saulos Chilima va unga hamroh bo'lgan to'qqiz kishi bo'lgan samolyot halokatga uchradi, deb xabar beradi The Sun gazetasi prezident ma'muriyatiga tayanib.

    “Vitse-prezident, hurmatli doktor Saulos Klaus Chilimani olib ketayotgan samolyot bugun ertalab Chikangava o'rmonida topildi. Afsuski, halokat oqibatida bortdagilarning barchasi halok bo'ldi”, deyiladi prezident ma'muriyati matbuot xizmati xabarida.

    Malavi yetakchisi Lazarus Chakvera milliy motam kuni deb e'lon qildi va bugundan boshlab dafn marosimigacha barcha bayroqlarni tushirishni buyurdi. Halokatga uchragan samolyotda vitse-prezidentdan tashqari sobiq birinchi xonim Patrisi Shanil Muluzi ham uchgan. U Malavini 1994-yildan 2004-yilgacha boshqargan ikkinchi prezidenti Bakili Muluzining rafiqasi edi. Malavi vitse-prezidenti Saulos Chilima 51 yoshda edi va oilali va ikki farzandning otasi edi. Chilima 2014-yildan buyon vitse-prezident lavozimini faoliyat yuritib kelayotgan edi, deb xabar beradi rbc.ru.