TIV ma’lumotiga ko‘ra, muloqotda O‘zbekiston–Malayziya kun tartibidagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi. Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohimning joriy yil 17-19-may kunlari yurtimizga rasmiy tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirilishi yuzasidan fikr almashildi.
Iqtisodiy diplomatiyani faol ilgari surish bo‘yicha aniq takliflar ko‘rib chiqildi.
Turli darajadagi bo‘lajak tashriflar va qo‘shma tadbirlarning tashkiliy-mazmuniy jihatlariga alohida e'tibor qaratildi.
Muzokaralarda, shuningdek, sayyohlar almashinuvini, ayniqsa, ziyorat turizmi sohasida yanada ko‘paytirish zarurligi ta’kidlanib, tegishli qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning amaliy jihatlari muhokama etildi, deb xabar beradi «Dunyo» AA.