Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim 17-19-may kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda boʻladi.
Bugun, 17-may kuni Toshkent xalqaro aeroportida Oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Qisqa suhbatdan soʻng, Malayziya Bosh vaziri Oʻzbekiston Bosh vaziri hamrohligida tashrif dasturi boʻyicha navbatdagi manzilga joʻnab ketdi.