Unda oʻzbekistonlik va malayziyalik kinoijodkorlar bilan oʻzaro keng hamkorlikni yoʻlga qoʻyib, turli ijodiy uchrashuvlar, mahorat darslari va ko-produksiya filmlar suratga olish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, hamkorlikda oila, muhabbat, turizm va sanoat mavzulariga bagʻishlangan yangi kinokartinalar yaratish takliflari oʻrtaga tashlandi. Endilikda badiiy, hujjatli filmlar va seriallar ishlash boʻyicha muhokamalar oʻtkaziladi.

Eslatib oʻtamiz, Kinematografiya agentligi hozirgacha Rossiya, Belarus, Tojikiston, Hindiston, Qozogʻiston va boshqa mamlakatlar bilan hamkorlikda filmlar suratga olib kelmoqda.