“Dunyo“ AAning xabar berishicha, uchrashuvda Malayziya tomoni Oʻzbekistonda elektr skuterlar (3 va 4 gʻildirakli ixcham elektromobil) ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish imkoniyatlarini koʻrib chiqayotganini maʼlum qildi.
“Dastlabki hisob-kitoblar asosida yillik ishlab chiqarish miqdori 5 mingta skuterni tashkil etishi koʻzda tutilmoqda. Keyinchalik Markaziy Osiyo mamlakatlariga eksport qilish salohiyatlarini inobatga olgan holda, uni 10 mingtaga yetkazish imkoniyati mavjud. Skuterlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Oʻzbekistonda aholiga yetkazib berish xizmatining sifatini yanada oshirishga xizmat qilishi mumkin“, — dedi kompaniya boshqaruv direktori Elayne Txam.
Shuningdek, xorij tomoni mamlakatimizda sogʻliqni saqlash sohasida sunʼiy intellekt yordamida insonlarda tibbiy diagnostika oʻtkazish dasturiy taʼminotini joriy qilish boʻyicha hamkorlikka tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida belgilangan loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini oʻrganish uchun kompaniya rahbariyatining Oʻzbekistonga biznes-missiyani tashkil etishga kelishib olindi.