Malayziya Bosh vaziri Ismoil Sabri parlament tarqatib yuborilganini ma'lum qildi. Bu haqda “The New Straits Times” xabar bermoqda.

Bosh vazirning so'zlariga ko'ra, bu qaror monarx Yang di-Pertuan Agong tomonidan tasdiqlangan. endi Malayziyada 60 kundan kechiktirmay muddatidan oldin parlament saylovlari o'tkazilishi kerak. Parlamentni tarqatib yuborish to'g'risidagi qaror hukmron koalitsiyadagi bir necha fraktsiya Sabriga muddatidan oldin saylovlar o'tkazish uchun bosimni kuchaytirganidan keyin qabul qilindi.