Malayziyada ikkita vertolyot to'qnashib ketdi, oqibatida 10 kishi halok bo'ldi

    Malayziyaning Lumut shahrida mamlakat Qirollik dengiz kuchlarilarining 90 yilligiga bag'ishlangan havo paradi oldidan o'quv-mashq parvozi chog'ida ikkita vertolyot halokatga uchradi.

    O't o'chirish va qutqaruv xizmatining xabar berishicha, ekipajning 10 a'zosi halok bo'ldi.

    Mahalliy ommaviy axborot vositalari tomonidan e'lon qilingan, guvohlar tomonidan olingan videolarda vertolyotlarning uchib o'tayotganini ko'rish mumkin. Ulardan biri ikkinchisining parragiga urilib ketishi oqibatida ikkala vertolyot ham yerga qulab tushgan.

    Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, vertolyotlardan biri stadion zinapoyasiga, ikkinchisi esa stadion oldidagi hovuzga qulab tushgan. Ulardan birida uch nafar, ikkinchisida yetti nafar ekipaj a'zosi bo'lgan, deb xabar beradi report.az.