Malayziyada suv toshqini tufayli 37 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi

    The Star gazetasi tabiiy ofatdan Malayziyaning oltita shtati zarar ko'rganini qayd etdi.

    Malayziyada kuchli suv toshqini tufayli 37 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi. Bu haqda qirollik bosh vaziri Anvar Ibrohim ma'lum qildi.

    “Toshqindan jabrlanganlar soni 37 189 kishiga yetdi, shu jumladan oltita shtatda 11 385 oila”, deya bosh vazirning so'zlarini keltiradi The Star gazetasi.

    Nashrning qayd etishicha, tabiiy ofatdan Malayziyaning olti shtati – Kelantan, Trenganu, Kedax, Perlis, Djoxor va Perak zarar ko'rdi. Jabrlanganlar uchun 322 ta vaqtinchalik evakuatsiya markazi tashkil etildi, deb xabar beradi tass.ru.