Malayziyaning lazzatlarini kashf eting: sayoxatda eng yahshi taomlar va ichimliklar

    Turizm 25 Iyun 2024 2125

    Yoz keldi. Sayoxat mavsumi boshlandi. Siz oila a’zolaringiz, do‘stlaringiz bilan Malayziya davlatiga sayoxat qilishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, ushbu tavsiyalar aynan siz uchun.

    Har qanday milliy taomlar bu mamlakatda yashovchi xalqlarning oshxona an’analarining kombinatsiyasi hisoblanadi.Malayziyaning an’anaviy, halol va toza oshxonasi albatta sizga yoqadi.

    Quyida siz iste’mol etishishingiz mumkin bo‘lgan ba’zi bir taomlar va ichimliklarni tanishtiramiz. Har bir taom va ichimlik bu tropic mamlakatning boy madaniy merosidan dalolat beradi va sizning ta’bingiz uchun yoqimli tajribani va’da qiladi.

    “Nasi lemak”

    Malayziyaning milliy taomi bo‘lib, kakos sutida pishirilgan, achchiq ta’mga ega qayla va qovurilgan eryong‘oq , qaynatilgan tuxum va bodring bo‘laklari asosiy taom bo‘lmish guruch bilan tortiladigan odatiy taomdir. Bu shunchaki tatib ko‘rishingiz kerak bo‘lgan ta’mlarning uyg‘un kombinatsiyasidir.

    Laksa

    Malayziya va Xitoy oshpazlik an’analarining eng yaxshilarini o‘zida mujassam etgan achchiq lag‘mon sho‘rvasidir. Siz qaymoqli va kokos suti bilan aralashtirib iste’mol etiladigan Karri Laksa yoki achchiq, baliq ta’miga ega Asam Laksani tanlashingiz mumkin. Har ikkisi ham halol taomlar sirasiga kiradi.

    Roti-Chanay

    Malayziyaning mashhur yassi noni Roti Chanay bizning millatimizga begona emas. Roti Chanay nonushtada yong‘oqli aralashma bilan birga iste’mol qilinsa, siz kun davomida tetik va xushkayfiyatda yurasiz.

    Satay

    Satay juda ham mazali taomdir. Malay xalqi bu taomni juda ham sevib iste’mol qilishadi. Bayramlar, to‘y, bazmlar bu taomsiz aslo tashkil etilmaydi. Mitti kabobchalarni yeryong‘oq sousi bilan yanada xushta’m juxatlarini kashf etishingiz mumkin. Satayning qo‘y go‘shti, tovuq go‘shti, qo‘zi go‘shti kabi turli xil navlari bo‘lib, ularning har biri o‘ziga xos ta’mga ega.

    Теh Tarik

    Malayziyaning milly ichimligi Teh Tarik bilan chanqog‘ingizni qondiring. Xoh issiq, xoh sovuq xolatda ham birday yoqimli bu ichimlik yuz yillab tarixga ega. Teh Tarik choy va sut aralashmasini ikki idish yordamida aralashtirib tayyorlanadi va natijada ko‘pikli, qaymoqli ichimlik tayyor bo‘ladi. Teh Tarikning tetiklantiruvchi va tinchlantiruvchi mazasini uzoq vaqt unuta olmay yurasiz.

    Sayoxat davomida Malayziya taomlari va ichimliklarining eng yahshisini tanlab, tatib ko‘ring va har bir taom malayziyaning yangi jihatlarini ochib beradi.

    Sayoxatingiz maroqli o‘tishini tilaymiz.