Mazkur studiya bir necha milliy kino mukofoti sovrindori hisoblanadi. Kompaniya mahsulotlari asosan TV3 telekanali va kinoteatrlar orqali namoyish etiladi.
Studiya Oʻzbekistonning Malayziyadagi Turizm elchisi Daler Yusuf bilan ijodiy hamkorlik qiladi.
2020-yilda kompaniya Oʻzbekiston elchixonasi va Turizm elchisi tavsiyasi bilan “Juliyet” seriali va “Seandainya kamu ada” kino asarlari epizodlarini Toshkent shahri va Boʻstonliq tumanida suratga olgan. Suratga olish jarayoni xarajatlarining bir qismini qoplashda Turizm va madaniy meros vazirligi koʻmaklashgan.
Tasvirga olish ishlari 2023-yil bahoriga moʻljallangan boʻlib, Zeel Production film pavilyonini Buxoroda tashkil etishga qiziqish bildirdi va bu borada mahalliy hokimiyat bilan ishlash taklifini berdi.