Milliy olimpiya qoʻmitasi xabariga koʻra, musobaqa doirasida rapira ustalari oʻrtasida yakkalik yoʻnalishida gʻolib va sovrindorlar aniqlandi.
Qiziqarli kechgan bahslar yakunida Durdona Madaminjonova qizlar oʻrtasida, Jamoliddin Maripjonov esa oʻgʻil bolalar toifasida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Rapira, qizlar:
1. Durdona Madaminjonova
2. Asal Karimova
3. Oydinoy Naimsherova
3. Surayyo Orzumurodova
Oʻgʻil bolalar:
1. Jamoliddin Maripjonov
2. Mirmoʻmin Moʻminov
3. Eldor Akbarxoʻjayev
3. Alimrzo Mirzayev