Oʻzbekiston Respublikasi pensiya taʼminoti toʻgʻrisida xalqaro shartnomalar tuzgan mamlakat tashqarisidagi davlatga doimiy yashash uchun ketilgan kungacha tayinlangan pensiya turar joyidan roʻyxatdan chiqqan oyning oxirigacha toʻlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga doimiy yashash uchun ketayotgan fuqarolarga pensiyani toʻlash uning arizasi va “Doimiy yashash joyidan roʻyxatdan chiqarildi” degan belgi boʻlgan shaxsini tasdiqlovchi hujjat asosida toʻxtatilishi mumkin.
Doimiy yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga ketishgacha tayinlangan pensiya (Oʻzbekiston Respublikasi pensiya taʼminoti toʻgʻrisida xalqaro shartnomalar tuzgan davlatlar bundan mustasno) Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga ketish toʻgʻrisida ariza berilgan kundagi pensiya miqdori hisob-kitobidan kelib chiqib Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga joʻnab ketishdan 6 oy avval Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida toʻlanadi.
Pensiya toʻlanadigan olti oylik davr Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga doimiy yashash uchun ketishdan avvalgi olti oy uchun pensiya toʻlash uchun arizada koʻrsatilgan sanadan boshlab hisoblab chiqiladi, bunda ariza berilgan oyda hisoblangan (toʻlangan) pensiya puli hisobga olinadi.