Mamlakatimiz hududida qancha tulki bor?

    Davlat statistika qo'mitasi bu haqda juda qiziqarli ma'lumotlarni e'lon qildi.

    2022 yilning 1 yanvar` holatiga ko'ra, O'zbekistonda mavjud tulkilarning umumiy soni 4 533 tani tashkil etmoqda.

    Ma'lum qilinishicha, yovvoyi hayvonlarni qo'riqlash va ko'paytirish tadbirlarini bajaruvchi tashkilotlar hisob-kitoblariga ko'ra, tulkilar soni eng ko'p Qashqadaryo viloyatida ro'yxatga olingan — 1537 ta. Undan keyingi o'rinni 10 ta kam ko'rsatkich bilan Qoraqalpog'iston Respublikasi egallagan. Shuningdek, quyidagi viloyatlar hududlarida ham tulkilar ko'p hisoblanadi:

     Toshkent viloyati – 624 ta;

     Buxoro viloyati – 392 ta;

     Farg'ona viloyati – 356 ta.

    Statistika qo'mitasiga ko'ra, mamlakatdagi tulkilar soni bo'rilar soniga qaraganda 3 mingtaga ko'p. Shuningdek, O'zbekistonda faoliyat yuritayotgan hayvonot bog'lari soni 3 tani tashkil etadi.