Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab yomgʻir yogʻadi, kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 10-12° boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +2...+7 daraja iliq boʻladi, baʼzi joylarda +1...+3 daraja sovuqqacha boʻlishi mumkin, kunduzi +10...+15 daraja boʻladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Navoiy viloyatida kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi +10...+15 daraja boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi +10...+15 daraja boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, baʼzida 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +8...+13 daraja, kunduzi +14...+19 daraja boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, baʼzida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi +10...+15 daraja boʻladi.
Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi, togʻlarda baʼzi joylarda qorga aylanadi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi va kunduzi +2...+7 daraja iliq boʻladi.
Muhim hodisalar
Joriy yilning 12-14-oktyabr kunlari Oʻzbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.
12-13-oktyabr kunlari respublika boʻyicha yomgʻir yogʻadi, 13-oktyabrda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida, Oʻzbekistonning togʻ oldi va togʻli hududlarida baʼzi joylarda kuchli yomgʻir yogʻadi, togʻlarda qorga aylanadi.
Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
13-14-oktyabrda havo harorati kunduz kunlari 10-15 darajagacha, kechalari 2-5 daraja iliqqacha pasayadi, shimolda 1-3 daraja sovuqqacha boʻlishi mumkin.
12-13-oktyabrda respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.