Iqtisodiy va maʼmuriy ishlar boʻyicha sud binosiga borib oʻtirishga hojat qolmaydi – taraflar sudda onlayn ishtirok etadi, sudlarda ochiqlik, oshkoralik taʼminlanadi.
Qisqacha aytganda, mamlakatimiz “raqamlashgan va adolatli sud davri”ostonasida turibdi.
Oxirgi uch yilda sudlangan shaxslarning 70 foiziga ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolar tayinlandi. Uch mingga yaqin fuqaroga esa oqlov hukmi chiqarildi. Jazo muddatini oʻtayotgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy kirgan 3 mingdan ziyod yurtdoshimiz afv etildi.
«Bunday tarixiy qadamlar vaqtinchalik kampaniya emas, balki davlat siyosati darajasidagi uzluksiz jarayondir.
Biz “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan ezgu gʻoya asosida bu ishlarimizni yangi, yuksak bosqichga olib chiqamiz.
Xalqimiz farovonligiga salbiy taʼsir qilayotgan korrupsiya, monopoliya, byurokratiya, dabdababozlik, maʼnaviy tahdidlarga qarshi kurashni keskin davom ettiramiz», – dedi Prezident.









