Kompaniya Pungan -Namangan, Toshkent -Chinoz avtomobil yoʻllarini rekonstruksiya qilish bilan birga yangi pullik yoʻllarni qurish boʻyicha oʻz xalqaro tajribasi bilan mamlakatimizning transport infratuzilmasini yaxshilashda qurilish sohasidagi zamonaviy yechimlarni qoʻllagan holda ishtirok etish xohishini bildirdi.
Transport vaziri oʻz navbatida ushbu yoʻllar xalqaro standartlarga javob beradigan, zamonaviy texnologiyalarni qoʻllagan holda qisqa vaqtda qurilishi hamda qurilish tannarxini arzonlashtirishga alohida eʼtibor qaratilishi lozimligini taʼkidlab oʻtdi.
Xorij kompaniyasi loyihalarni oʻrganish ishlarini olib borayotgani, yaqin kunlarda barcha talablarga javob beradigan loyiha takliflarini taqdim etishini maʼlum qildi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.