Mamlakatimizda Yaponiya choyini etishtirish yo'lga qo'yildi

    Agrosektor 25 Sentabr 2022 1057

    Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax, Toshkent va Farg'ona vodiysi viloyatlarida choy ko'chatlari ekilib, O'zbekiston tuproq-iqlim sharoitiga moslashtirish bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

    Respublikamizning dengiz sathidan 600-1500 metr balandlikda joylashgan tog' va tog' oldi hududlari, jumladan, Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax, Toshkent va Farg'ona vodiysi viloyatlarida choy ko'chatlari ekilib, O'zbekiston tuproq-iqlim sharoitiga moslashtirish bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

    Toshkent davlat agrar universiteti tomonidan Tokio qishloq xo'jaligi va texnologiyalari universiteti bilan hamkorlikda “sayamakaori”, “fukimidori”, “xokimey”, “fushin”, “sayamadori” kabi choy navlari ko'chirib keltirilib, respublikamiz erlarida sinovdan o'tkazilmoqda. Hozirda sinovdagi choy o'simligi mamlakatda yaxshi o'smoqda.

    Eslatib o'tamiz, Prezident Sh.Mirziyoevning Yaponiyaga tashrifi doirasida O'zbekistonda choy o'simligini etishtirish bo'yicha kelishuvga erishilgan edi. Bu bo'yicha Vazirlar Mahkamasining qarori ham qabul qilingan.