Hujjatga koʻra, quyidagilar:
- Urganch davlat universiteti pedagogika taʼlim sohasining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Urganch davlat pedagogika instituti;
- Namangan davlat universiteti pedagogika taʼlim sohasining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Namangan davlat pedagogika instituti;
- Guliston davlat universiteti pedagogika taʼlim sohasining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Guliston davlat pedagogika instituti;
- Samarqand davlat universitetining Oʻzbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti negizida Oʻzbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti;
- Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti negizida Andijon davlat pedagogika instituti;
- Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti negizida Buxoro davlat pedagogika instituti;
- Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti negizida Termiz davlat pedagogika instituti;
- Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti negizida Shahrisabz davlat pedagogika instituti;
- Chirchiq davlat pedagogika instituti negizida Chirchiq davlat pedagogika universiteti;
- Jizzax davlat pedagogika instituti negizida Jizzax davlat pedagogika universiteti tashkil etiladi.