Butun mamlakatimizda boʻlayotgan keng koʻlamli oʻzgarishlarni Qoraqalpogʻiston misolida yaqqol koʻrish mumkinligi taʼkidlandi.
Bugungi tahlikali va murakkab zamonga qaramasdan, iqtisodiyotimiz barqaror oʻsib borayotgani, dunyodagi nufuzli xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlar yetakchilari buni eʼtirof etayotgani qayd etildi.
Yaqinda Xalqaro valyuta jamgʻarmasi mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti ilk bor 100 milliard dollardan oshganini tasdiqladi.
Shunday yuksak marraga erishishda ilgʻor texnologiyalar asosida zamonaviy korxonalar ochayotgan, yuz minglab yangi ish oʻrinlarini yaratayotgan va dunyo bozorlariga jadal kirib borayotgan azmu shijoatli tadbirkorlarning hissasi beqiyos ekani eʼtirof etildi.