Dam olish kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda momaqaldiroq kuzatiladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Toshkentda: bugun va ertaga yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi 27-29 daraja iliq bo‘ladi.

Yakshanba kuni qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, shamol 10-12 m/s tezlikda kuchayishida momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.