Sanoat, qishloq xoʻjaligi va xizmatlar sohasiga 38 milliard dollar investitsiya kirdi, eksport 26 milliard dollardan oshdi.
Ochiq muloqotda koʻp tadbirkorlar oʻziga ijtimoiy masʼuliyat olib, ehtiyojmand odamlarni ishli qilishga tayyor ekanligini bildirgan edi.
Oʻtgan qisqa vaqt ichida tadbirkorlar 387 ming kambagʻal oila aʼzolari va 40 ming nogironligi bor odamlarni daromadli qildi.
Mamlakatimizda kambagʻallik darajasi yil yakuni bilan 9 foizdan pasayadi.
«Aminmanki, oʻzaro ishonchga asoslangan hamkorligimizni shu surʼatda davom ettirsak, kelgusi yillarda bu koʻrsatkichni bemalol 6 foizga tushiramiz.
Shu oʻrinda, vaʼdasini ustidan chiqib, yangi quvvatlar hisobiga minglab ish oʻrni yaratayotgan, zamonaviy texnologiya olib kirib, yangi tashqi bozorlarni zabt etayotgan, iqtisodiyotimizning barqaror oʻsishiga munosib hissa qoʻshayotgan barcha tadbirkorlarimizga chin dildan minnatdorlik bildiraman», — dedi Prezident.