29-sentyabrda Markaziy saylov komissiyasida Kuzatuvchilar missiyasi aʼzolari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev mehmonlarni saylov kampaniyasi bilan tanishtirib, saylov Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda Saylov kodeksiga muvofiq ochiq va oshkora oʻtkazilayotganini taʼkidladi.

Shu bilan birga, ayni damda Prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqoti jarayoni boshlangani, saylovoldi tashviqotini olib borish va ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda teng imkoniyatlar yaratilganligi qayd etildi.

Uchrashuv davomida taʼkidlanganidek, MDH kuzatuvchilari faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Toshkent shahrida missiyaning shtabi ish boshlaydi.

Missiya oʻz faoliyati davomida saylov jarayoni borishi haqida materiallarni toʻplash va tahlil qilish, saylov qonunchiligini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va televizion dasturlar hamda bosma ommaviy axborot vositalarida chiqayotgan saylovga oid materiallarni monitoring qilish, nomzodlarning saylov shtablarida uchrashuvlar oʻtkazish bilan shugʻullanadi.

Maʼlumot oʻrnida qayd etish joiz, Markaziy saylov komissiyasi shu kunga qadar 112 nafar xalqaro kuzatuvchini roʻyxatdan oʻtkazdi.

Uchrashuvdan soʻng L.Anfimov ommaviy axborot vositalari vakillariga Missiya faoliyati yuzasidan murojaat qildi.

Tashrif doirasida delegatsiya aʼzolarining bir qator vazirlik va idoralarda uchrashuvlari rejalashtirilgan, deb xabar beradi

Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati.