Respublika boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi, kunduzgi havo harorati +25.. +28 daraja iliqgacha, janubda va choʻl hududlarda +30 daraja iliqgacha koʻtariladi.
8 va 10-martda respublika boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 9-martda yogʻingarchilik kutilmaydi.
8-martda kunduzgi harorat +15...+18 daraja iliqgacha pasayadi, 9-10-martda harorat yana koʻtarila boshlaydi va 10-martga kelib, +21...+26 daraja iliqni tashkil etadi.
6-9-martda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatiladi. 7-martda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Navoiy, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida shamol 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
6-10-martda togʻoldi va togʻli hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Poytaxtimizda 8-mart kuni kun davomida vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. 7-9-martda yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Bugun kunduz kuni havo harorati +19...+21 daraja iliqni tashkil etadi, ertaga havo +25...+27 daraja iliqgacha isiydi, 8-9-mart kunlari +17...+19 daraja iliq boʻladi.