Mamlakatimizga Rossiya Federatsiyasi Sogʻliqni saqlash vazirligi delegatsiyasi tashrif buyurdi

    Xalqaro hamkorlik 28 May 2021 1384

    Mamlakatimizga vazir Mixail Murashko boshchiligidagi Rossiya Federatsiyasi Sogʻliqni saqlash vazirligi delegatsiyasi tashrifi boshlandi.

    Delegatsiya tarkibiga Rossiya Federatsiyasi Sogʻliqni saqlash vazirligi vakillari, shuningdek, akademik V.I. Shumakov nomidagi transplantologiya va sunʼiy organlar milliy tibbiyot ilmiy-tadqiqot markazi direktori Sergey Gotye va N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy ilmiy-tekshirish tibbiyot universiteti rektori Sergey Lukyanov kabi yuqori darajadagi mutaxassislar kirdi, deya xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati.

    Tashrif davomida yuqori darajadagi qator uchrashuvlar, mamlakatimizning yetakchi tibbiyot muassasalariga tashriflar rejalashtirilgan. Shuningdek, delegatsiya N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy ilmiy-tekshirish tibbiyot universiteti filialining ochilishiga tayyorgarlik koʻrish ishlarini koʻzdan kechirish maqsadida Chilonzor tibbiyot kollejiga ham tashrif buyuradi.

    Tashrif yakunlari boʻyicha N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy ilmiy-tekshirish tibbiyot universiteti bilan Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi oʻrtasida shartnoma imzolanishi koʻzda tutilmoqda.