Mamlakatimizning tarixiy shaharlari markazlarida “Duty Free” doʻkonlari tashkil etiladi

    Mamlakatimizda 21 Oktabr 2021 1472

    Qonun bilan amaldagi Bojxona kodeksining 81 ta moddasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda, deya xabar berdi Oliy Majlis Senati Matbuot xizmati.

    Mazkur qonun keyingi 2 yil ichida tadbirkorlar tomonidan koʻtarilayotgan muammolarning yechimiga qaratilgan. Xoʻsh hujjat bilan nimalar oʻzgarmoqda?
    Bojxona hujjatlarining rasmiylashtirish muddati 3 kundan bir kungacha qisqarmoqda.

    Tovar va transport vositalarini bojxona rejimiga joylashtirish bekor qilinyapti.

    Qayta ishlash natijasida hosil boʻlgan tovarlarni bojxonadan chiqarish vakolatli shaxslar tomonidan amalga oshirilishi yoʻlga qoʻyiladi. Avval bojxona oʻzi istagan narxni qoʻyib, tadbirkorlar manfaati inobatga olinmas edi.

    Bojxona tizimiga vakolatli iqtisodiy operator instituti joriy etilmoqda. Bu bojxonadagi hisob-kitoblarda inson omilining aralashuvini cheklaydi.
    Endilikda nafaqat aeroportlar balki, mamlakatimizning tarixiy shaharlari Samarqand, Buxoro, Xorazm, Qoʻqon markazlarida bojsiz savdo qiluvchi “Duty Free” doʻkonlari tashkil etiladi.

    Yana bir yangilik. Bojxona tizimiga soliq solishdan ozod etiladigan tovarlar roʻyxati kiritilmoqda. Bu tadbirkorlar uchun erkin tovar aylanishini kafolatlaydi.

    Shuningdek, tizimda appelyatsiya kengashi tashkil etilyapti. U shu kunga qadar tadbirkor bilan bojxona oʻrtasidagi mavjud nizolarni sudgacha hal qiladi hamda ortiqcha ovoragarchiliklarning oldi olinadi. Shu kabi 80 ga yaqin oʻzgarishlar ushbu qonunda oʻz aksini topgan.