Insonga ato etilgan eng uluğ neʼmat, şubhasiz, tinçlikdir. U bölmagan yerda taraqqiyot yöq. 30-40 yildan buyon öq tovuşi tinmayotgan mamlakatlar taqdiri fikrimizga misol böla oladi. Esimda: ösmirligimizda maktabdagi darslardan söng dalada işlardik. Brigadirimiz har qanday davrada “Dunyo tinç bölsin, non köp bölsin!” deb duo qilardi. Aslida, tiriklik uçun ana şu ikki ehtiyoj qondirilsa, yetadi.
Bugun dunyo xuddi ulkan ummondagi yolğiz qayiq misoli çayqalib turibdi. Kutilmaganda böron qöpsa, bu qayiq tönkarilib ketişi heç gap emas. Şuning uçun mamlakatimiz rahbari jahonşumul darajadagi har bir uçraşuv va yiğinlarda sözlagan nutqida davlatlararo hamkorlik, döstlik, savdo va madaniy aloqalarni rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratadi. Rivojlangan davlatlar bilan tengma-teng gaplaşiş uçun muayyan davlatning özi ham ular qatori salohiyatga ega bölmoği lozim. Şu örinda bugun mamlakatimiz hududlarida qanot yozib borayotgan tezkor taraqqiyot öz sözini aytadi.
Olamdagi beş şarif şaharning biri bölmiş Buxoro hozir ulkan hududning, şiddat bilan rivojlanib borayotgan vohaning markazi. Uning şonli ötmişi, bugungi qudrati va ertangi istiqboli aynan Prezidentimiz taşrifi çoğida köpçilikka ayon böldi. Oddiy odamlar ham özi tuğilib ösgan yurtidan faxrlanişi bor gap, biroq şu yurtning bor salohiyati va imkoniyatlarini barça ham birdek anglayvermaydi. Davlatimiz rahbarining taşrifi göyo şarafli ötmiş va bugungi kun çehrasiga tutilgan çaroğon közgu böldi: Buxoroning quvvat zaxiralari, mislsiz imkoniyatlari hamda oydin orzulari bayon etildi.
— Bugungi Buxoro buyuk tarixdan yangi taraqqiyot va muhtaşam loyihalar davriga şiddat bilan yuzlanmoqda, — dedi Prezidentimiz taşrifi çoğida.
Ha, aynan şunday. Bahouddin Naqşband ziyoratgohidagi taʼmirlaş işlari ham, şahar va tumanlarda davom etayotgan ulkan qurilişlar ham şundan dalolat berib turibdi.
Buxoro şahrida bunyod etilayotgan kongress-xoll majmuasi va zamonaviy mehmonxonalar qurilişini közdan keçirarkan, mamlakatimiz yetakçisi bugungi şaharsozlik endi jahon talablariga javob berişi lozimligini taʼkidladi.
Keyingi yillarda Özbekistonga kelayotgan çet ellik sayyohlar soni izçil ösib borayotgani, 2025-yilda bu körsatkiç 2016-yildagiga nisbatan qariyb olti barobar, turizm xizmatlari eksporti esa ön bir karra oşgani, mamlakatimizda yirik xalqaro tadbirlar ötkaziş uçun zamonaviy infratuzilmaga talab ortib borayotgani ham bu fikrning haqligini isbotlab turibdi.
Majmua şaharning ana şunday tadbirlarga mezbonlik qiliş imkoniyatini kengaytiradi. Kongress-xoll forumlar, oliy darajadagi uçraşuvlar va boşqa yirik anjumanlarni ötkazişga xizmat qiladi. Demak, endi Buxoro şunçaki bir muzey-şahar, tarixiy obidalar joylaşgan hudud emas, dunyoning manaman degan şaharlari bilan barobar turadigan megapolisga aylanadi. Bir neça million dollarlik xorijiy sarmoya hisobiga qad rostlayotgan “Hilton Garden Inn” va “Holiday Inn” singari zamonaviy mehmonxonalar şundan darak berayotir.
Asrlarni boğlagan rişta
Buxoroda tarixiy obidalar köp, biroq har birining öz qadri-qimmati bor. Ularning har biri öz meʼmoriy yeçimiga köra, takrorlanmasdir. Qöşmadrasa ansambli ham ana şunday noyob inşootlar sirasiga kiradi. Prezidentimiz taşrif çoğida borib körgan bu obida Buxoro tarixida ötgan eng maşhur saltanat sohiblaridan biri, 1588-1590-yillarda Buxoro xonligining şayboniylar sulolasidan çiqqan hukmdori, buyuk sarkarda va davlat arbobi Abdullaxon II tomonidan bunyod etilgan.
XVI asrda uşbu madrasa Movarounnahrning eng yirik hamda nufuzli oliy taʼlim va ilm-fan markazlaridan biri bölib, bu yerda tolibi ilmlarga diniy va dunyoviy fanlardan dars berilgan. Xususan, madrasada Qurʼon, tafsir, hadis, fiqh, aqoid bilan bir qatorda arab tili va adabiyoti, mantiq, falsafa, matematika, geometriya, tibbiyot fanlari çuqur öqitilgan. Bu esa ayrim soxta tarixçilarning “Ötmişda Turkiston xalqi savodsiz bölgan” degan iddaolari yolğon va tagi puç ekanini isbotlab turibdi.
Davlatimiz rahbari huzurida ötgan yillarda qisman taʼmirlangan uşbu ansamblni töliq restavratsiya qiliş rejasi taqdimot qilindi. Demak, bu yerga keladigan sayyohlar soni yanada ortadi. Prezidentimiz sayyohlar uçun qulay şaroit yaratişning yangi istiqbollari borasida körsatmalar berdi.
Buxoro şahrida qurilayotgan yangi turizm markazidagi bunyodkorlik işlarining taʼrifini mufassal bayon etişga imkonimiz yöq. Faqat kunday oydin bir haqiqatni aytib ötamiz: qadimiy Buxoroning tarixiy obidalari, hunarmandçilik va gastronomiya anʼanalari bilan tanişgan xorijlik mehmonlar bu zaminga, albatta, yana qaytib keladi. Yangi turizm markazida bu boy merosni zamonaviy xizmatlar bilan uyğunlaştiriş, şaharda yirik xalqaro madaniy va işbilarmonlik tadbirlarini ötkaziş uçun şaroit yaratiş közda tutilgani ham uzoqni közlab iş tutiş — kelgusi avlodlar uçun tökis hayotiy şaroit yaratiş ekanini isbotlaydi.
Fakt va raqamlar öjar keladi, ular har qanday şubhayu gumon devorlarini yiqitişga qodir. Qarang: majmua 50 gektar maydonda barpo etilmoqda. Loyihaga jami 105 million dollar investitsiya yönaltirilişi rejalaştirilgan. Demak, iş kölami tasavvurimizdagidan-da kengroq bölsa, ajab emas.
Xöş, bu raqamlar nimadan darak bermoqda? Ular quyidagi yoruğ istiqbolni, qutluğ niyatlarni oçib beryapti: majmua töliq işga tuşgaç, 2000 ta iş örni oçilişi, Buxoroga qöşimça 2 milliondan ortiq sayyoh jalb etilişi kutilmoqda. Hisob-kitoblarga köra, mahalliy byudjetga yillik tuşum 288 milliard sömni taşkil etişi mumkin. Bu esa minglab oilalarning farovonligi taʼminlanadi deganidir. Aslida, maqsadimiz ham şu: xalqimiz töq yaşasin, oilalar tökis, farzandlarimizning boşi baland, qaddi tik bölsin.
Aytar sözi bordir dunyoga
Xorijlik sarmoyadorlarning Özbekistonga, xususan, Buxoroga qiziqişi ortib borayotgani zamirida öziga xos asoslar mavjud. Eng asosiysi, bu yurt quyoşli ölka, odamlari mehnatsevar, muğambirlikdan yiroq, lafzi butun. Şuning uçun ham çet ellik şaharsozlar Buxoroga tobora köp intilyapti. Albatta, biznes — ikkiyoqlama foyda degani. Xalqimiz buni “Qöl — qölni, ikki qöl birlaşib yuzni yuvadi” maqolida sodda va quyma qilib ifoda etgan. Har qanday sarmoyador xorijdagi qurilişlarga mablağ yönaltirar ekan, öz foydasini ham közlaydi. Ammo daromadu buromad degan gaplar — ötkinçi. Qurilgan imorat esa asrlar böyi qoladi.
Vyetnamning “ROX Group” kompaniyasi tomonidan mamlakatimizda amalga oşirilişi rejalaştirilgan loyihalar taqdimoti bilan tanişgan Prezidentimiz taqdim etilgan konsepsiyalarni maʼqullab, loyihalarda ilğor şaharsozlik yeçimlarini qöllaş zarurligini körsatib ötdi. Mutasaddilarga loyihalar uçun zarur infratuzilma va amalga oşiriş mexanizmlarini kompaniya bilan birga puxta işlab çiqiş yuzasidan körsatmalar berdi. Albatta, mamlakat rahbarining nazari tuşgan işda xayru baraka bölişiga şubha yöq.
Prezidentimizning Buxoro viloyatiga taşrifi doirasida yangi obyektlarni işga tuşiriş va istiqbolli loyihalar qurilişiga start beriş marosimida iştirok etgani ham tantanalarga özgaça fayz bağişladi. Iştirok etganlar bu hayajonli lahzalarni bir umr esda saqlab qolişi aniq.
Davlatimiz rahbari öz sözida viloyatga jalb etilayotgan xorijiy investitsiya, oçilajak yangi iş örinlari, odamlarning bandligi va daromadi oşib borişini taʼkidlar ekan, Buxoro vohasining kelajagi, albatta, nurli bölmoğiga urğu berib ötdi. Zero, buyuk ötmişi bölgan bu yurtning bugun va kelajakda ham dunyoga aytar sözi bölmoği lozim. Prezidentimizning ğamxörligi va xalqimizning şijoatli mehnati aynan şunga qaratilgan.
Ulkan rejalar, jadal harakatlar, xayrli yakun
Bir tasavvur qilib köring: bugunga kelib neft-kimyo, töqimaçilik, quriliş materiallari, maşinasozlik, energetika, toğ-kon sanoati, farmatsevtika, raqamli texnologiyalar, logistika, qişloq xöjaligi, oziq-ovqat, uy-joy qurilişi, infratuzilma, xizmat körsatiş va turizm sohalarida umumiy qiymati 7,8 milliard dollar bölgan 145 ta loyihadan iborat dastur şakllantirilgan. Şundan 654 million dollarlik 55 ta loyiha işga tuşirilmoqda. Qiymati 7,1 milliard dollar bölgan yana 90 tasining qurilişi boşlanmoqda. Unça-munça odamning aqli şoşib qoladigan kölam! Albatta, rejalar juda ulkan, işlar jadal ketmoqda. Inşaalloh, yakunlar ham xayrli bölgay. Zero, uşbu loyihalar amalga oşirilişi natijasida 14 mingdan ortiq iş örni oçilişi, yiliga 22 trillion sömlik mahsulot işlab çiqarilişi va 510 million dollarlik eksport imkoniyati paydo bölişi kutilmoqda.
Oddiy odamning xayolot ufqlariga siğmaydigan darajadagi dadillik va şijoat! Qamrovning kengligi kişini hayratga solişi barobarida, köngillarda yoruğ bir fikr uyğotadi: Buxoroning ertangi kuni ertaknamo böladi! Aslida, şunday bölişi ham kerak. Çunki bu xayrli işlarning boşida şaxsan mamlakat Prezidenti turibdi!
— Maqsadimiz bitta — import örnini bosadigan va taşqi bozorlarda talab yuqori bölgan mahsulotlar işlab çiqariş, — dedi davlatimiz rahbari.
Viloyatda energetika sohasidagi işlar, Ğijduvonda “ACWA” kompaniyasi bilan hamkorlikda barpo etilayotgan 300 megavattli “Boş-2” şamol elektr stansiyasi, Jondordagi “Toyota Corporation” va Peşkuda “Sinoma” kompaniyalari iştirokida umumiy quvvati 1000 megavatt bölgan şamol elektr stansiyalarining qurilişi, xitoylik hamkorlar bilan Kogon tumanida maişiy çiqindilardan elektr energiyasi olişga qaratilgan 165 million dollarlik loyihani amalga oşiriş, Germaniyaning “Leman” kompaniyasi bilan esa “Amu-Buxoro” kanali nasos stansiyalarining barqaror işlaşini taʼminlaş böyiça 150 million dollarlik loyihani yölga qöyiş, Buxoro şahrida “Kurt Baver” brendi ostida yiliga 62 ming tonna mahsulot işlab çiqaradigan töqimaçilik kompleksini barpo etiş rejalaştirilayotgani, Romitanda xitoylik investorlar iştirokida qiymati 400 million dollar bölgan paxta-töqimaçilik klasteri taşkil etilayotgani, uşbu loyihalar doirasida 9000 gektar yerni özlaştiriş taşabbusi… Qay birini aytasiz? Tasavvur qilgan sari dilingiz farahga töladi, ertangi kunlarga işonçingiz ortadi. Klasterlar, turizm markazlari, zamonaviy mehmonxona va amfiteatrlar, öyingohlar, köngiloçar maskanlar — bularning barçasi Şarif şahar husniga qöyilgan xoldek yaraşib tuşadi, Xudo xohlasa!
Otasidan duo olgan qiz
Prezidentimiz Buxoro viloyatiga taşrifi çoğida öz hududini kompleks rivojlantirişda Olot tumani hokimi Nargiza Neʼmatova alohida jonbozlik körsatayotganini eʼtirof etib, davlat va boşqaruv idoralaridagi köp yillik samarali mehnati, yangi iş örinlarini oçiş orqali aholi farovonligini taʼminlaş yölidagi saʼy-harakatlari bois, uni “Fidokorona xizmatlari uçun” ordeni bilan mukofotlaşga qaror qilganini eʼlon qildi. Rosti, bu xabarni eşitib juda sevindim. Nargizaxonni qariyb öttiz yildan buyon yaqindan taniyman. Buxoro davlat tibbiyot institutida işlagan davrlarini ham, bir neça yil Olot tumani markaziy şifoxonasida boş şifokor bölib faoliyat yuritganini ham yaxşi bilaman. Tuman hokimligida ham bir neça yil yonma-yon işlaganmiz. Nargiza Neʼmatova yigirma yildan ortiq vaqt davomida tuman hokimining xotin-qizlar masalalari böyiça örinbosari bölib işladi. U tumandagi qariyb barça oilada bölgan, hammani taniydi desam, işonavering. Bu aslo lof yoki mubolağa emas. Xotirasi ham nihoyatda ötkir, köplab şeʼrlarni yod biladi. Ayniqsa, Zulfiyaxonimning şeʼrlarini har bir davrada sevib öqiydi.
Otasi Isomiddin akani yaxşi tanirdim. U köp yillar tumandagi avtojamlanmaga rahbarlik qildi. Qarangki, badniyat Gdlyan ana şu xokisor va beozor odamni ham soxta ayblov bilan bir muddat hibsga oldi! Xayriyatki, tezda haq joyida qaror topdi. Kitobsevar odam edi rahmatli.
Nargizaxonning onasi muallima. Hokim ana şunday ziyoli oiladan çiqqan. Köpçilikning yodida bölsa kerak: 2020-yil 27-aprelda Olot va Qoraköl tumanlariga kuçli tabiiy ofat — girdibod yopirildi. Nargizaxon ana şunday qiyin va masʼuliyatli davrda hokimlikka keldi. Prezidentimizning Olotga taşrifi köpçilik qatori uni ham ruhlantirdi, quvvat bağişladi. Butun mamlakat şu çekka tumanga yordamga otlandi. Prezidentimizning alohida eʼtibori va davlatimizning kömagi bilan Olot tez orada qaddini tiklab, tanib bölmas darajada özgarib ketdi.
Köp tadbirlarda birga bölganmiz. Hokimlikka tayinlangan ilk kunlarida bir uçraşuvimizda sörab qoldi:
— Abdunabi aka, odamlar oldingi hokimlarga “Hokim bova”, deb murojaat qilardi. Endi meni... — u şunday deb jilmaydi. Baribir özbek ayoli-da, soddaligi va samimiyati bor.
— Men birorta tadbirda odamlarga aytaman, sizga Hokimoyim deb murojaat qilişadi. Amir Umarxon vafotidan söng Qöqon ahli Nodirabegimni şunday atagan, — dedim kulib. Albatta, bu bir hazil edi. Köp ötmay, Olot ahli uni “Opa”, deb çaqira boşladi.
Serğayrat, tinib-tinçimas, rostgöy va haqiqatparast, şeʼriyatga şaydo bu ayolning hozirça viloyatda yagona “Hokim opa” ekani ham rost. Prezidentimiz uning fidoyi mehnatlarini yuksak baholagani köp qatori meni ham juda quvontirdi. Garçi uç-tört yildan buyon Toşkentda yaşasam-da, jon tomirim Buxoro bilan, Olot bilan boğliq, axir! Qolaversa, donişmand otasidan duo olib qolgan bu ayolning şijoati meni hamişa zavqlantirib kelgan.
Olotlik ijodkorlar u haqida bir-ikki şeʼr bitganini, uni “Tömaris”, deya uluğlaganini eslayman. Men esa heç yozolmadim. Nazarimda, erkaklarga xos şiddat, ğayrat va şijoat ayollarça nafosatu nazokat ila sira uyğunlaşmaydigandek edi. Nihoyat, xayrli kunlarning birida quyidagilarni bitdim, ammo heç kimga körsatganim, öqib berganim yöq:
Uning közlarida hayrat bor,
Bir hayratki, dunyoday ulkan.
Ona nigohiday xokisor,
Besarhaddir misoli Vatan.
Uning yuzlarida talʼat bor,
Bir talʼatki, Oybarçin misol.
Naqş olmaday toza, beğubor,
Ikki qoşi — ikkita hilol.
Uning sözlarida şiddat bor,
Bir şiddatki — temuriyzoda.
Alp söziday öktam, jarangdor,
Malika lafziday pok, toza.
Uning izlarida jurʼat bor,
Bir jurʼatki, bahodirga xos.
Har qadami mahkam, barqaror,
Har qarori — misoli ixlos.
Uning yelkasida çöng yuk bor,
Ölçay olmas kilo, tonnasi.
Olotda şunday bir buyuk bor —
Yuz minglab farzandning onasi...
Bir oz mubolağa qilgan bölsam, uzr sörayman. Şoirlik şu-da endi. Aslida, bu mubolağa ham emas. Butun boşli tumanning taqdiriga masʼul bölgan va şu masʼuliyatni qoyillatib ado etgani uçun davlat rahbarining ham, xalqning ham mehrini qozongan ayolni buyuk deb atasa arziydi.
Qöşni Turkmaniston bilan çegaradoş bölgan Buxoro va uning tarkibidagi Olot tumani mamlakatimizning çin maʼnodagi oltin darvozasidir. Ilohim, mana şu darvozadan faqat döstlar mehri, yaxşiliklar kirsin. Prezidentimizning bu tabarruk zaminga taşrifi esa kelgusidagi ezgu işlarga yana bir rağbat bölib, bunyodkor xalqimizga ilhom bağişladi. Ajdodlarga xos bunyodkorlik qudrati jöş urib turgan Buxoro ahli bu taşrifni uzoq yillar hayajon bilan eslab yurişiga şubha yöq.
Abdunabi HAMRO,
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi