Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, buning natijasida 1 649 ta fuqaro va yuridik shaxslarning huquqlari tiklandi.
Hisobot davrida maʼmuriy va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, mansabdor shaxslarining qarorlari ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi 1 877 ta ish koʻrib chiqildi. Xususan, hokim qarorini haqiqiy emas deb topish bilan bogʻliq koʻrib tamomlangan ishlar soni 515 tani tashkil qilib, shundan jismoniy va yuridik shaxslarning 178 ta arizasi qanoatlantirilgan.
Viloyat va unga tenglashtirilgan maʼmuriy sudlar tomonidan apellyatsiya tartibida 768 ta ish koʻrib chiqildi. Birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 105 ta qaror bekor qilinib, 4 ta qaror oʻzgartirildi. Kassatsiya tartibida 312 ta ish koʻrib chiqildi. Birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 50 ta qaror bekor qilinib, 5 ta qaror oʻzgartirildi. Taftish tartibida 357 ta ish koʻrib chiqildi. Quyi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 21 ta qaror bekor qilinib, 2 ta qaror oʻzgartirildi.
Oliy sudning Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan taftish tartibida 524 ta shikoyat va protest oʻrganib chiqilib, shundan 59 tasi ish materiallari asosida koʻrib chiqildi. Natijada quyi sudlar tomonidan chiqarilgan qarorlarning 38 tasi bekor qilindi.