Mazkur holat yuzasidan «Toshshahartransxizmat» AJ maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, yongʻin avtobus haydovchisi oʻrindigʻi orqasida joylashgan elektr simlarini birlashgan blok qismida qisqa tutashuv oqibatida sodir boʻlgan.
Avtobus kafolat muddatida tasarruf etilayotganligiini inobatga olib, yongʻinning aniq sababi avtobus ishlab chiqaruvchi zavod "TRUCK and BUS MOTORS" MCHJ mutaxassislari bilan birgalikda aniqlanmoqda.
Yongʻin qutqaruv boʻlinmalari voqea joyiga soat 16:36 da yetib borib yongʻin bartaraf etilgan.
Hodisa natijasida jabrlanganlar va jarohat olganlar yoʻq. Hozirda, “Toshshahartransxizmat” AJning Ishlab chiqarish texnik boʻlimi xodimlari tomonidan ham xizmat tekshiruvi olib borilmoqda, deyiladi rasmiy xabarda.









