Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Xorazm viloyat boʻlimi tashabbusi bilan oʻtkazilgan tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi qoshidagi Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti direktori oʻrinbosari M.Qaxxorova, shuningdek Tuproqqalʼa tumani maktablarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari, ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchilari va psixologlari ishtirok etdi.
Oʻquv-seminarda maʼnaviy-maʼrifiy sohani yangi bosqichga olib chiqishda targʻibotchilarning roli va ahamiyatini oshirish, tumandagi eng faol targʻibotchini maktablarda ommalashtirish, ijodkor oʻquvchilarning ishlarini ragʻbatlantirib borish, oʻquvchilar bilan ishlashda innovatsion gʻoyalar asosida yondashish, tadbirlarning auditoriyasini mavzuga mos holda tanlash, ijodkor oʻquvchilarni qiziqish yoʻnalishiga qarab yoʻnaltirish, maktabning oʻz gazetasi, radiosi va boshqa ommaviy axborot vositalarida oʻz oʻrnini yaratish va oʻquvchilar ijodini yoritib borish, yoshlarni qiynayotgan ruhiy muammolarni aniqlab yechimi bilan ishlash, ijtimoiy tarmoqlarda maʼnaviy-maʼrifiy sohaga doir roliklar joylab borish masalalari yuzasidan soʻz yuritildi.
Oʻquv-seminar yakunida maktablarning ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va oʻz taklif mulohazalarini bildirdilar.
F.Seydabdullayeva,
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi
Tuproqqalʼa tuman boʻlinmasi rahbari.