Bu murakkab va serqirra tushunchaning nazariy va amaliy tomonlari, mazmun-mohiyati, keng qamrovli fikr mulohazalar orqali tahlil etiladi.

Ayni paytda yurtimizda-istiqlol yillarida milliy maʼnaviyatimizni tiklash, uni zamon talablari asosida rivojlantirish asnosida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan maktabgacha taʼlim maskanlaridan tortib nufuzli oliy oʻquv yurtlarida tashkil etilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlardan koʻzlangan maqsad yoshlarimizni har tomonlama yetuk shaxs qilib tarbiyalashga qaratilgan. Shiddatli globallashuv jarayonlarida, ayniqsa, ommaviy madaniyat sabab maʼnaviyatimiz, fikrlarimiz, hayotga munosabatlarimiz oʻzgarayotgan bir pallada puxta bilimga ega boʻlish va turli tahdidlarga kurasha olish, ong va shuurimizda kurashuvchanlik immunitetini yaratish har birimizning burchimiz hisoblanadi.

Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumani umumtaʼlim maktablarida taʼlim-tarbiya olayotgan oʻquvchilar oʻrtasida turli fan oyligi va bellashuvlar oʻtkazish anʼanaga aylangan. 

Muhtaram Prezidentimizning ayniqsa oʻquvchi yoshlarga qaratgan eʼtiborlari, yaratgan shart-sharoitlari kishini ruhlantiradi. Zero “Kelajak yoshlar qoʻlida”.

Nargiza Qurbonboyeva,

Jarqo‘rgon tumani

65-son umumtaʼlim maktabining

matematika fani o‘qituvchisi.