Jumladan, UYEFA Chempionlar ligasida yangilangan roʻyxatni taqdim etish uchun soʻnggi muddat kecha tunda oʻz yakuniga yetdi.
Klublarga guruh bosqichi yakunlangach, 3 nafar yangi futbolchini musobaqa roʻyxatidan oʻtkazishga ruxsat berilgan edi. “MS“ ushbu imkoniyatdan unumli foydalanib, Omar Marmush, hamyurtimiz Abduqodir Husanov hamda Niko Gonsalesni roʻyxatdan oʻtkazdi.
Endi ular 11-fevral kuni “Etihad“ stadionida va 19-fevral kuni safarda “Real“ga qarshi oʻtadigan pley-off uchrashuvlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻldi.