Bu haqda jurnalist Saymon Baykovskiyga tayanib, “Euro-football” xabar berdi.
Qayd etilishicha, “shaharliklar” rahbariyati 21 yoshli Oʻzbekiston milliy terma jamoasi futbolchisini yaqinlashib kelayotgan mavsumda tarkibda saqlab qolmoqchi.
Futbolchi boshqa himoyachilar bilan asosiy tarkib uchun raqobatda ishtirok etadi. Uzun va zich taqvimda Gvardiola juda koʻp rotatsiyalarni amalga oshirishini hisobga olsak, unga yetarlicha vaqt berilishiga ishonsa boʻladi.









