Kecha YECHLda yarim final bahsining birinchi oʻyini boʻlib oʻtdi. Unda Angliya va Ispaniya klublari kuch sinashdi. “Manchester Siti” oʻz maydonida  “Real”ni 4:3 hisobida yengdi. Mezbon oʻyinchilar De Bryuyne, Jezus, Foden va Silvaning gollariga mehmonlardan Benzema (2ta) hamda Vinisius javob qaytarishdi. 

Oʻyindan keyin “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola mazkur uchrashuv haqida quyidagicha  fikr bildirdi:

“Hamma xursand boʻldi. Yirik hisobda gʻalaba qozonishni xohlagandik, ammo 4:3 ham yomon natija emas. Oʻz oʻyinimizni koʻrsatish uchun Madridga boramiz...”