Taniqli murabbiy Arsen Venger Britaniya jamoasi tomonidan kiritilgan goli qoidaga muvofiq kiritilganiga shubha qildi.
Madridda o'yin 1:1 hisobida yakunlandi. Birinchi bo'limda Vinisius Junior, tanaffusdan keyin esa Kevin De Bryuyne gol urdi.
“VAR odatda qoidalar doirasida gol urilganmi yoki yo'qmi, tekshirib ko'rishi kerak, bunday vaziyatda tizim aralashuvi kerak edi”, – deydi Venger ikkinchi urilgan golga munosabat bildirib.
Fransiyalik murabbiyning fikricha, portugaliyalik futbolchi Bernandu Silva bahsli epizodda to'pni maydon chetida to'xtatgan vaziyatni VAR tekshiruvi o'tkazilishi kerak edi.
Takroriy vaziyatlar belgiyalik futbolchining gol urishidan oldin Silva to'pni yon chiziq tashqarisidan olib o'tgandek taassurot uyg'otadi. Yon chiziq hakami bayroqni ko'tarmadi va vaziyatga VAR aralashmadi.
Agar xato yuzaga kelgan bo'lsa, De Bryuynening chiroyli goli qoidaga muvofiq kiritilmaganini anglatadi va bu orqali “Real” ikkinchi o'yin oldidan ustunlikni qo'ldan boy berdi.
“Real” va “Manchester Siti”ning javob o'yini 17 may kuni Buyuk Britaniyada bo'lib o'tadi, deb xabar beradi tengrinews.kz.