Shifokor-pediatr Darya Maslennikovaning aytishicha, qish faslida koʻpchilikning sevimli mevasi boʻlgan mandarin agar meʼyordan koʻp isteʼmol qilinsa, allergik reaksiyalarni keltirib chiqarishi mumkin.
Taʼkidlanishicha, hatto nazariyalar boʻyicha mandarinni koʻp va xoʻp isteʼmol qilganda teri sargʻayishi ham mumkin. Chunki uning tarkibidagi beta-karotin mevaga shunday quvnoq va yorqin rang beradi.
Mutaxassis, shuningdek, och qoringa mandarin isteʼmol qilmaslikni tavsiya qildi. Mevadagi limon va askorbin kislotasi ochlikni kuchaytirishi va oshqozon va oʻn ikki barmoq ichaklari yarasi hamda yalligʻlanishini ragʻbatlantirishi mumkin.
Mandarinda salomatlik uchun foydali xususiyatlar koʻp. Unda S, A, V guruhi vitaminlari va kletchatka bor.