“Bavariya”ning  senegallik hujumchisi Sadio Mane faoliyatini Saudiya Arabistonining  “An-Nasr” klubi davom ettiradi.

31 yoshli forvard Dubayda tibbiy koʻrikdan oʻtgach,  Ar-Riyod klubi bilan shartnoma imzoladi.

Sky Sport nashrining yozishicha, transfer uchun “Bavariya”gi 30 million yevro toʻlanadi. Mane esa klubda yiliga 40 million yevro maosh oladi.

Senegalda tugʻilgan Mane katta futboldagi faoliyatini Avstriyaning “Red Bull Zalsburg” klubida boshlagan. Keyin Angliya klublari – “Sautgemton” va “Liverpul”da oʻynagan. Oʻtgan yili u Germaniyaning “Bavariya” jamoasiga oʻtgan edi. Lekin jamoa murabbiyi bilan chiqishmadi va Saudiyaga yoʻl oldi.