Quduqlardan biridagi olov yetti oy davomida o'chmadi. Bu haqda Qozog'iston yonilg'i-energetika majmuasi vaziyat tahliliy markazi ma'lum qildi.
Markaz ma'lumotlariga ko'ra, “Buzachi Neft” MChJ tomonidan o'zlashtirilayotgan “Karaturun Yujniy” konidagi yong'in 25-dekabr kuni o'chirildi.
Kondagi yong'in 9-iyun kuni boshlangan. Shundan so'ng burg'ulash asbobini ko'tarish natijasida gaz-suv aralashmasi ajralib chiqqan, u 303-sonli quduqda ochiq gaz favvorasiga aylangan, deb xabar beradi tengrinews.kz.