Hamon oramizda qanchadan-qancha urush qatnashchilari, front ortida mehnat qilganlar bor. O'tganlarni xotirlash, safimizda yurganlarning esa qadriga etish har birimizning muqaddas burchimizdir.

Poytaxtning Xotira maydonidagi Motamsaro ona – Vatan ramzi. “Sen doimo qalbimdasan, jigarim!” – degan so'zlarini ona go'yo Vatan bo'lib, xalq bo'lib aytayotgandek...

O'tganlarni xotirlash va yozilmagan ma'lumotlarni tarixga muhrlash maqsadida  Toshkent shahar "Bilim" AKM "Mangu xotira" loyihasini ishlab chiqdi. Unga ko'ra loyiha ishtirokchilari o'zlarida saqlanib qolgan tarixiy fotoplyonkalar,  medallar, markalar, gazeta va jurnallar, o'sha yillarda chop etilgan kitob nashrlarini ham suratga olib mazkur qisqacha ma'lumot bilan yuborishlari mumkin.  "Bilim"  AKM jamoasi ushbu suratlarni jamlab, alohida "Bilim" muzeyi uchun tayyorlab, tarixga muhrlab qo'yadi. Albatta, bu ma'lumotlar yoshlarning Vatanga bo'lgan muhabbatini, sadoqatini yanada mustahkamlaydi.

 Loyihada nafaqat Ikkinchi jahon urushida halok bo'lganlar xotirlanadi, Afg'oniston urushida halok bo'lganlar,  sho'ro siyosatining begunoh qurbonlari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog'ida halok bo'lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining xotirasiga bag'ishlangan manbalar ham qabul qilindi.

“BILIM AKTSIYA/UYDA QOLING!” shiori ostida tashkil etilgan telegram kanalida yurtdoshlarimizga havola etilgan qiziqarli va xayajonli voqealar, xotiralar keng kitobxon ommasini befarq qoldirmaydi.