Mansabdor brokonyer jarimaga tortildi

    Yashil sayyora 23 Iyun 2020 1080

    Jizzax viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining katta majlislar zalidaBosh prokuratura huzuridagiiqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti tomonidan “Brakonyerlikka qarshi kurash oyligi”ning yakunlariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi.

    Maʼlumki joriy yilning 15-aprelidan 31-mayiga qadar respublikamizda “Brakonyerlikka qarshi kurash oyligi” boʻlib oʻtdi. Mazkur oylik Jizzax viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan ham uyushqoqlik bilanoʻtkazildi.

    Raqamlarga muroajaat qiladigan boʻlsak, Jizzax viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari tomonidan 2020-yilning 1-iyunidan shu kungacha boʻlgan holatda “Brokonyerlikka qarshi kurash oyligi” davomida jami 53 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlanib, 52 nafar qoidabuzar fuqarolarga nisbatan51 568,7 ming soʻmlik va 1 nafar mansabdor shaxsga nisbatan 2 230 ming soʻm jarima belgilangan.