Shuningdek, “Oʻztransgaz” viloyat filialida – 997 ta, “Fargʻona suv taʼminoti” MCHJ-728 ta, “Oʻzbekenergo” AJ – 447 ta, “Yer resurslari va davlat kadastri” idoralarida – 432 ta, Sogʻliqni saqlash muassasalarida-372, qurilish va arxitektura idoralarida – 328 ta, hokimliklarda – 42 ta, tijorat banklarida-38 ta, Bandlik va mehnat idoralarida 23ta, soliq organlarida 11 ta, boshqa xizmat qiluvchi tashkilotlarda 341 ta holatda yuridik va jismoniy shaxslarga xizmat koʻrsatishda qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻyilgan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan, DXA Fargʻona viloyat boshqarmasi tomonidan mazkur muddati buzilgan murojaatlar boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi idoralarga 21 ta taqdimnoma va 215 ta ogohnomalar kiritilib, taqdimnomalar natijasi boʻyicha 24 nafar shaxs intizomiy, 125 nafar mansabdor shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortilgan. Bu haqda DXA Fargʻona viloyat boshqarmasi matbuot xizmati maʼlum qiladi.